“Barsa” Rafinyadan qutilish uchun boshqa yulduz topdi

  • 17.05.2025 09:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yaqinda “Barselona” sport direktori Deku jamoa o‘yin tashkil qilishda Lamin Yamal va Rafinyaga qaram bo‘lib qolganini ta’kidlagan edi.

Endi kataloniyaliklar hujumkor futbolchi pozitsiyasiga boshqa o‘yinchi topdi.

Relevo nashrining yozishicha, “Barselona” mutasaddilari 80 million evroga baholanayotgan Luis Diasni yozgi transferlar davri uchun asosiy nishon sifatida belgiladi.

Kataloniyaliklar “Liverpul”ning 28 yoshli o‘yinchisi braziliyalik Rafinyaning o‘rnini bemalol bosa olishiga ishonch bildirmoqda.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Barselona” katta transferni amalga oshirishi uchun, eng avvalo, moliyaviy imkoniyatlarini chamalab olishi talab etiladi. Bundan tashqari, “Liverpul” etakchi o‘yinchilardan birini osonlikcha qo‘yib yubormasligi ham ta’kidlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!