Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" Rafinyani jamoada olib qolish yo‘lini topdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Futbolchini jamoada saqlab qolish yo‘li topildi

"Barselona" Rafinyani jamoada saqlab qolish uchun uni eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylantiradi 
 
Ispaniyaning "Barselona" klubi braziliyalik vinger Rafinya bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu kelishuv futbolchini jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylantiradi. 
 
Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi Rafinyaning transferi uchun "ko‘k-anorranglilar"ga 100 million evro taklif qilgan va unga yiliga 15 million evro maosh to‘lashga tayyor ekanini bildirgan edi. 
 
Hozircha Saudiya klublaridan rasmiy takliflar yo‘q, ammo "Barselona" futbolchini jamoada saqlab qolish niyatida. Shu sababli, kataloniyaliklar unga yaxshilangan shartlar bilan yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, hujumchining o‘zi ham Ispaniyani tark etmoqchi emas. 
 
26 yoshli o‘yinchi joriy mavsum kataloniyaliklar safida 40 ta uchrashuvda ishtirok etib, 25 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 80 million evro deb baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q