“Barsa” rahbariyati g‘azabda!

  • 29.01.2024 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ning yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Rafael Markes asosiy tarkibni boshqarayotgan Xavi Ernandes ketganidan keyin uning o‘rnini egallash taklifidan voz kecha olmasligini  bildirgandi.

Uning bu bayonoti “Barselona” xo‘jayinlarining g‘azabini keltirgan. Ba haqda Sport.es sayti xabar tarqatdi.

Rahbariyat Markesning bu gaplari klub atrofida taranglashib borayotgan ichki muhitni izdan chiqarishi mumkinligi va jamoa ziyoniga ishlashidan xavotirga tushgan.

Avvalroq, agar Xavi Ernandes mavsum yakunlanmay turib iste’foga chiqarilsa, uning vazifalari vaqtincha Rafael Markesga yuklatilishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!