"Barsa" rahbariyati "Real" tarbiyalagan yulduzga xaridor
Bu oʻyinchining xaridori koʻp
Italiyaning «Komo» jamoasida to‘p surayotgan yarim himoyachi Niko Pas «Barselona» skautlari e’tiborini tortdi. Bu haqida jurnalist Fransua Galyardo xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar argentinalik futbolchini 2027 yil yozida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
«Barselona» rahbariyati Niko Pasning joriy mavsumdagi o‘yinlari, shuningdek, o‘tgan yildagi chiqishlaridan jiddiy taassurot olgan.
Eslatib o‘tamiz, Niko Pas «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madrid klubi futbolchini kelasi yozda 80 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqini o‘zida saqlab qolgan.

Izohlar (0)