“Barsa” rahbarlari eng katta “dushman”ni olmoqchi!

  • 9 may, 08:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” joriy mavsum Evropa Chempionlar ligasidagi yurishini yarim finalda to‘tatishiga “Inter” yulduzi Denzel Dyumfrisning ajoyib o‘yini sabab bo‘ldi.

Tecno

29 yoshli futbolchi kataloniyaliklarga qarshi kechgan har ikki uchrashuvda o‘ng qanotni to‘liq nazorat qildi, himoyadan hujumgacha bo‘lgan masofada raqibdan har tomonlama ustun ekanini namoyish etdi.

Dyumfris ikkita uchrashuvda “Barselona” darvozasiga kiritilgan jami ettita goldan beshtasida bevosita ishtirok etdi. Denzelning o‘zi ikkita to‘p kiritib, jamoadoshlarining uchta goliga assistlentlik qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Barsa” mutasaddilari bu uchrashuvlardan keyin niderlandiyalik futbolchini transferlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kataloniyaliklar bu pozitsiyaga, shuningdek, Jeremi Frimpong (“Bayer”), Dodo (“Fiorentina”) hamda Vanderson (“Monako”) kabi futbolchilar nomzodini ham o‘rganib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!