Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Barsa” sardori Ronalduning ishini takrorladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu hammaga ham nasib qilmaydi

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida “Barselona” o‘z maydonida “Bavariya” futbolchilarini qabul qildi. O‘yin mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kataloniyaliklar sardori Rafinya uchrashuv qahramoni bo‘ldi. Hujumkor futbolchi myunxenliklar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, g‘alabani ta’minladi.

Shu tariqa, Rafinya Evropa Chempionlar ligasi doirasida “Bavariya” darvozasiga uchtadan to‘p kiritgan uch nafar futbolchi qatoriga qo‘shildi.

Rafinyadan oldin bu ishni Krishtianu Ronaldu, Serxio Aguero va Roy Makaay uddalagan edi.

Braziliyalik legioner joriy mavsumda “Barselona” uchun barcha turnirlarda 13 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘qqizta gol va sakkizta assist muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q