“Barsa” “Siti” markaziy himoyachisini chaqiryapti
Ispaniya chempionatida ikki mavsumdan beri barcha raqiblardan ustunligini namoyish qilib kelayotgan Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Natan Ake uchun da'vogarlar qatorida tilga olinmoqda.
Jurnalist Gabriyel Sans ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 31 yoshli niderlandiyalik futbolchiga qiziqishni saqlab qolgan, ammo uni asosiy transfer maqsadlaridan biri, deb hisoblamayapti.
Klub Akeni himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun nisbatan arzon variant sifatida ko‘rmoqda.
“Barselona”da ayniqsa futbolchining katta tajribasi yuqori baholanmoqda. Shuningdek, u markaziy himoyadan tashqari chap qanotda ham harakat qila oladi.
Transfermarkt portalida Natan Akening bozor qiymati 15 million yevro deb baholangan. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Shu sababli yaqin transfer oynasida uni nisbatan pastroq narxda sotib olish imkoniyati mavjud.

Fikrlar