"Barsa" so‘ragan himoyachi narxini aytishdi
Pulni sanab kelavering
Amsterdamning «Ayaks» jamoasi himoyachisi Yuri Basga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida The Touchline sahifasida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik klub futbolchini sotish masalasida muzokaralarga tayyor, agar uning uchun taxminan 34 million yevro atrofida taklif tushsa. Xabar qilinishicha, Yuri Basning o‘zi ham faoliyatini aynan «Barselona» safida davom ettirishni juda istamoqda.
Yuri Bas 2023 yildan buyon «Ayaks» sharafini himoya qilib kelmoqda. U bilan amaldagi shartnoma 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari himoyachining bozor qiymatini 16 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)