"Barsa" supertransferni kelishib bo‘ldi
Hujumchi Kataloniyaga kelyapti
Londonning «Arsenal» jamoasi braziliyalik hujumchi Gabriél Jezusni «Barselona»ga sotish bo‘yicha kelishuvga keldi. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyalik klub transfer uchun 10 million yevro to‘laydi, shunga qo‘shimcha ravishda shartnomada 4 million yevro miqdorida bonuslar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, «Arsenal» futbolchining kelajakdagi ehtimoliy sotuvidan tushadigan mablag‘ning 20 foizini oladi.
Manbaga ko‘ra, klublar bitim bo‘yicha barcha hujjatlar bilan almashib bo‘lgan. Dushanba kuni Gabriél Jezus Barselonaga yetib kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi. Braziliyalik hujumchi «Barselona» bilan 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzadi, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bor. Gabriél Jezus «Arsenal» safida 2022 yil yozidan beri o‘ynab kelayotgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yildagi mavsumda u londonliklar tarkibida barcha musobaqalarda jami 27 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
2025 yil yanvar oyida futbolchi chap tizzasidagi oldingi chorrаha bog‘lamlaridan jarohat olgan va faqat o‘sha yil dekabrida maydonga qaytgan edi.

Izohlar (0)