"Barsa" va "Inter" oʻrtasida shov-shuvli rokirovka boʻlmaydi
Vaziyat o‘zgarib ketdi
So‘nggi kunlarda matbuotda «Barselona» va «Inter» o‘rtasida ehtimoliy almashuv bitimi haqida xabarlar tarqaldi. Gap shundaki, g‘oy kataloniyaliklar milanliklar tarkibidagi Federico Dimarkoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani, bitimga esa asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan 22 yoshli Alejandro Balde ham qo‘shilishi mumkinligi aytilgan edi. Ammo ishonchli manbalar bu ma’lumotlarni rad etmoqda.
Futbol bo‘yicha mashhur insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, klublar o‘rtasida Balde va Dimarkoni almashish bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Uning ta’kidlashicha, ayni paytda bunday stsenariy umuman kun tartibida turmagan ekan.
Yana bir taniqli insayder Nikolo Skira ham «Inter» rahbariyati Federico Dimarkoni qo‘yib yuborish niyatida emasligini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, milanliklar 28 yoshli qanot himoyachisi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, har ikki futbolchining transfer qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.
Izohlar (0)