Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" va "Real" 17 yoshli vunderkindni talashyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uni hali hech kim tanimaydi

Myonxengladbahning «Borussiya» klubi  yosh hujumkor yarim himoyachisi Vael Moxia «Barselona» va «Real» skautlari e'tiborini tortdi. Bu haqida El Nacional nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Ispaniyaning ikki yetakchi klubi 17 yoshli iqtidorli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Moxiaga Evropaning boshqa katta jamoalari ham nazar tashlagan. Ular orasida «Bavariya», «Liverpul», «PSJ» va Dortmundning «Borussiya»si ham bor. Myonxengladbah klubi o‘z futbolchisini kamida 35 million yevro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsumda Moxia barcha musobaqalar doirasida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va bir marta hamkorlariga golli pas berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q