"Barsa" va "Real" bir vunderkindni talashyapti
Yangi yulduz porlay boshladi
Ispaniyada navbatdagi yosh yulduz atrofida transfer intrigasi kuchaymoqda. Manbalarga ko‘ra, «Rasing» jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Serxio Martines joriy transfer oynasida jamoasini almashtirishi mumkin.
Yosh futbolchiga La Liganing uch klubi da’vogarlik qilmoqda. Xususan, Martines xizmatlariga «Real», «Barselona» va «Vilyarreal» jiddiy qiziqish bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar va kataloniyaliklar futbolchini qishki transfer davridayoq o‘z safiga qo‘shib olishga urinigan. Biroq o‘shanda Serxio Martines qarorini o‘zgartirmasdan, «Rasing»da qolishni ma’qul ko‘rgan edi.
Endi esa uni qo‘lga kiritish ancha osonroq. Futbolchining shartnomasida 3 million yevro miqdorida kompensatsiya to‘lovi belgilangan. Shu bois, istalgan klub ushbu summa evaziga Martinesni rasmiy sotib olishi mumkin.

Izohlar (0)