“Barsa” xo‘jayini Messini sharaflashdan bosh tortdi

  • 7 dekabr, 12:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoaning uy stadioniga klubning sobiq futbolchisi Lionel Messi nomining berilishiga qarshi chiqdi.

Tecno

- Messining haykalini qo‘yishimiz mumkinmi? Bu borada hali qaror qilmaganmiz. Hozir boshqa ustuvor vazifalar bor. “Kamp Nou” to‘liq bitgach, uni sharaflash uchun munosabatini o‘ylab ko‘ramiz.

Stadionni uning nomi bilan atash bo‘yicha ham kengashda muhokama bo‘ldi, lekin bunday variantni munosib emas, deb topdik. Stadion nomi “Kamp Nou” bo‘lib qoladi, - dedi Joan Laporta Ispaniyaning nufuzli nashrlardan Mundo Deportivo jurnalistlariga bergan intervyusida.

Lionel Messi “Barselona” tarixida chuqur iz qoldirgan afsonalardan hisoblanadi. Argentinalik yulduz Kataloniya klubi uchun professional darajada 778 ta uchrashuv o‘tkazib, 672 ta gol urgan va bu “Barselona” tarixidag eng zo‘r to‘purar hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/12/2025 12:51
арзимайди!