“Barsa” Xolandni olish yo‘lini topdi

  • 04.11.2025 15:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” 2026 yilning yozida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandni transfer qilishga katta qiziqish bildirmoqda va bu rejani amalga oshirish yo‘lini o‘ylab qo‘ydi.

Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar norvegiyalik forvard uchun o‘z hujumkor futbolchisi Daniel Olmoni hamda qo‘shimcha pul to‘lovini taklif etishga tayyor. Ta’kidlanishicha, Olmoga “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola anchadan beri jiddiy qiziqish bildirib kelmoqda.

27 yoshli Olmoga “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq bu o‘yinchi 2014 yili Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubi akademiyasiga o‘tib ketdi. 2020 yili Germaniya Bundesligasida kuchli klublar qatoriga kiruvchi “Leyptsig” ispan futbolchisini 34 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Mana oradan o‘n yil o‘tiyu,  2024 yilning yozida Olmoni Kataloniyaga qaytarishdi. Buning uchun “Barselona” nemis klubiga 55 million evro to‘ladi. Hozirgacha, Xans-Diter Flik jamoasida jami 50 o‘yinda qatnashgan Daniel 13 ta gol va 9 ta assist qayd etgan. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bahosi 60 million evroni tashkil qilyapti.

“Barselona” nishonidagi Xolandning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2034 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 180 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!