“Barsa” Yamal va Giuni qanday topganini bilasizmi?
O‘tgan mavsumda “Barselona” safida debyut qilgan Lamin Yamal hammaning e’tiborini o‘ziga qaratgan edi. Bu gal 17 yashar Giu maydonga tushishi bilan 30 soniya ichida gol urib, muxlisu mutaxassislar e’tiborini tortdi.
Xo‘sh, “Barsa” bunaqa noyob iste’dodlarni qanday topdi?
Ma’lumotlarga qaraganda, Kataloniya klubiga bu futbolchilarni Barselonaning Maresma va Valles kabi hududlarida ishlayodigan skaut Isidre Xil topib bergan. Bu mutaxassisning asosiy vazifasi yosh iqtidor egalarini topib, ularni “Barselona”ga jo‘natish hisoblanadi.
2013 yoili Xilga qo‘ng‘iroq bo‘ladi va unga etti yoshli bolakayning o‘yiniga baho berishni taklif qilishadi. Isidre erinmasdan bu bolaning salohiyatini o‘rganib chiqadi.
Mana shu bola oradan o‘n yil o‘tib, 17 yoshu 291 kunligida “Luis Kompanis” Olimpiya stadionida birinchi to‘pga teginishidayoq “Sevilya”ning tajribali darvozaboni Unai Simonning darvozasini ishg‘ol qilgan Mark Gui edi.
Fikrlar