"Barsa" yangi oʻyinchi oldi
Besh yillik shartnoma tuzildi
«Borussiya» Dortmund yarim himoyachisi Karim Adeyemi kelasi mavsumdan boshlab «Barselona» sharafini himoya qiladi.
Ispaniya nashri AS xabariga ko‘ra, nemis vingeri kataloniyaliklar bilan mehnat shartnomasiga erishgan. Manba ma’lumoticha, futbolchining «Barselona» bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Yaqin kunlarda uning transferi rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» Adeyemining transferi uchun bonuslar bilan birga jami 29 million yevro to‘lashga kelishib olgan.
Karim Adeyemi 2022 yil yozidan beri «Borussiya» tarkibida to‘p surib kelayotgan edi. U dortmundliklar safida jami 146 o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol urdi va jamoadoshlariga 25 marta golli pas berdi.

Izohlar (0)