Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" yangi sardor tanlandi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu ham yaxshi yangilik

«Barselona»ning braziliyalik vingeri Rafinya Dias endi jamoa sardori sifatida maydonga tushadi.

Barca Universal nashri ESPNga tayanib xabar berishicha, u «Barselona»ning asosiy sardori etib tayinlandi. Ikkinchi sardor sifatida Frenki de Yong ko‘rsatilgan, keyingi o‘rinlarda esa Pedri, Gavi va Erik Garsiya turibdi.

Rafinya 2022 yil yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqtgacha kataloniyaliklar tarkibida 177 ta o‘yin o‘tkazib, 75 ta gol urgan va 59 bor hamjamoalarini gol urishga undagan. 

29 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoaning avvalgi sardori Ronald Arauho edi. U yaqinda «Liverpul» klubiga ijara asosida yo‘l oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q