“Barsa” yangi yulduz topdi. Lekin...

  • 23 fevral, 18:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” tarkibini kuchaytirish maqsadida Evropa futbolida porlayotgan yosh o‘yinchilar atrofidagi vaziyatni ham kuzatmoqda.

Tecno

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar nishoniga “Yuventus”ning 19 yoshli  qanot hujumchisi Kenan Yildiz tushgan.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda “Barselona” turk  futbolchisini olish usullarini o‘rganib chiqmoqda. Ekspertlar bu transferni amalga oshirish Kataloniya superklubiga og‘irlik qilishini ta’kidlamoqda.

“Yuventus” moliyaviy ahvolini yaxshilab olish uchun  Kenan Yildizni sotib yuborishga tayyor. Turinliklar 80 million evrodan boshlangan har qanday taklifni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

Agar “Barselona” Kenan Yildiz kabi qimmat baholanayotgan o‘yinchilardan birini oladigan bo‘lsa, hozir tarkibidan bir necha o‘yinchilarni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Yildizning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha tuzilgan. Garchi Transfermarkt portalida uning transfer narxi 45 million evro ekanini ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, “Yuventus” xo‘jayinlari yangi avlod futbolchisini ikki baravar qimmatiga sotmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!