“Barsa” yulduzi ketyapti

  • 22.11.2023 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” yarim himoyachisi Rafinya Dias yanvarda jamoasini o‘zgartiradigan bo‘ldi. Football Transfers nashriga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Angliya Premer-ligasiga qaytib bormoqchi.

Manbaning ta’kidlashicha, Rafinyaga “Tottenxem” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Nyukasl” va “Chelsi” ham uni o‘z safida ko‘rmoqchi.

Rafinya Angliya Premer-ligasida o‘ynash tajribasiga ega. Kataloniyaliklar bu futbolchini 2022 yilning yozida “Lids”dan transfer qilan edi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rafinya Dias “Barselona” tarkibida bosh murabbiy Xavi Ernandes kutgan darajada o‘yin namoyish qila olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!