"Сити" "Barsa" yulduziga so‘rov yubordi

  • 24.08.2026 09:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yongga «Manchester Siti»dan jiddiy qiziqish paydo bo‘ldi.

«Shaharliklar» 29 yoshli futbolchi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgani haqida The Touchline nashri jurnalist Xose Alvaresga tayanib xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi transfer oynasi yopilishi oldidan niderlandiyalik futbolchini jamoaga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Frenki de Yong mavsum boshini jarohat sabab o‘tkazib yubormoqda. Taxminlarga ko‘ra, u maydonga kuzning oxirlariga borib qaytishi mumkin. Yaqinda «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik de Yongni jamoa kapitanlari ro‘yxatidan chiqarib tashladi.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuzda de Yong kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!