"Barsa" yulduziga yangi da'vogar chiqdi
Bu qiyin transfer
Sport.es nashrining yozishicha, "Tottenxem" rahbariyati Ferran Torresni sotib olish imkoniyati bo‘yicha ma’lumot so‘rab, "Barselona" bilan aloqaga chiqqan.
Avvalroq londonliklar "Bornmut" hujumchisi Junior Krupi transferi yuzasidan kelishuvga erisha olmagan, shuningdek, yuqori maosh va bonuslar talablari tufayli Viktor Osimxenni olish g‘oyasidan voz kechgan edi.
Torresga qiziqish faqat "Tottenxem" tomonidan emas. Manbalarga ko‘ra, hujumchini o‘z safida ko‘rishni istagan klublar orasida PSJ ham bor.
Parij jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrique futbolchini tarkibga qo‘shib, hujum chizig‘ini kuchaytirish tarafdori ekani aytilmoqda.
"Barselona" esa Torres uchun 50 million yevro yoki undan ko‘proq miqdorda to‘lov kutayotgani xabar qilingan.

Izohlar (0)