“Barsa” yulduzini Angliyaga qaytarishmoqchi

  • 19 fevral, 13:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan Andreas Kristensen joriy mavsum yakunlanganidan keyin yana Angliya Premer-ligasiga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Daniyalik markaziy himoyachini “Tottenxem” o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallayapti.

28 yoshli futbolchi jarohat tufayli avgustdan beri maydonga tushgani yo‘q. “Shporlar” Kristensen uchun kataloniyaliklarga 15 million evro to‘lashga tayyor.

“Barselona” yangi ijrochilarga joy ochish uchun bir necha futbolchisi bilan xayrlashishi kerak. Ekspertlarning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar Kristensen bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga va o‘yinchi bilan to‘liq xayrlashishga tayyor.

Andres Kristensan “Barselona”ga 2022 yilning yozida erkin agent sifatida kelib, 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etadigan shartnoma tuzgan edi.

Transfermarkt mutaxassislari markaziy himoyachini 20 million evroga baholayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!