"Barsa" yulduzini "Siti"ga bermadi
Ali Ahmadxo’jayev
To‘g‘ri qilgan ekan
«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin edi. Bu haqida Topskills Sports UK xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 19 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan klub «Manchester Siti» bo‘lgan. Angliya chempioni yozgi transfer oynasida yosh himoyachini sotib olish bo‘yicha rasmiy so‘rov yo‘llagan.
Biroq «Barselona» angliyaliklar taklifini darhol rad etgan. Kataloniya klubi rahbariyati o‘z pozitsiyasini ochiq bayon qilgan: Pau Kubarsi jamoaning strategik o‘yinchilaridan biri hisoblanadi, u transfer uchun mavjud emas va sotuvga qo‘yilmaydi.

Izohlar (0)