Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa": Zo'r himoyachi olib kelamiz

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Flik yangi oʻyinchi tanladi

«Barselona» Frimpongni olib kelishga qiziqmoqda

«Barselona» 25 yoshli niderlandiyalik himoyachi Jeremi Frimpongni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Xuan Xesus o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Frimpongning o‘zi ham «Barselona»ga o‘tish g‘oyasiga ijobiy qaraydi. «Liverpul» esa futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor, chunki himoyachi Angliya chempionatida asosiy tarkibda mustahkam o‘rin egallay olmadi. Unga qo‘yilayotgan taxminiy narx 35 million yevro atrofida.

Jeremi Frimpong 2025 yili «Bayer» klubidan «Liverpul»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u turli musobaqalar doirasida jamoa safida beshta o‘yinda maydonga tushdi, biroq gol yoki samarali uzatma bilan ajralib tura olmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q