“Barsa”da katta yo‘qotish

  • 07.09.2025 15:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” mavsum boshidayoq katta yo‘qotishga duch keldi. Jamoaning etakchi yarim himoyachilaridan Gavi qariyb bir oy davomida jamoaga yordam bera olmaydi.

Jurnalist Xavi Migelning ma’lum qilishicha, tibbiy tekshiruvlar natijasi 21 yoshli futbolchining jarohati kutilganidan jiddiyroq ekanini ko‘rsatdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu turdagi jarohatdan qutilish uchun to‘rt hafta vaqt kerak. Biroq Gavi 1 oktyabrga belgilangan Evropa Chempionlar ligasi doirasi “Pari Sen-Jermen”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda qatnashishni istayapti.

“Barselona” xalqaro tanaffusdan keyin birinchi uchrashuvini 14 sentyabr kuni o‘tkazadi. Milliy chempionatning navbatdagi turida Xans-Diter Flik shogirdlari “Kamp Nou”da “Valensiya”ni qabul qiladi.

Murabbiylar shtabi bo‘lajak bahsda asosiy tarkibning bir necha futbolchisi xizmatidan foydalana olmasligi hozirdan ma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!