“Barsa”da katta yo‘qotish
“Barselona” hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes yaqin orada jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Ma’lumotlarda keltirilishicha, ispaniyalik xavbek o‘ng oyog‘ining mushagini shikastlagan.
Fermin qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, yarim himoyachining taxminiy tiklanish muddati ikki haftani tashkil qilishi aytilmoqda.
Bu muddat ichida “Barselona” yulduzi La Ligada “Alaves”, “Atletiko” va “ Betis”ga qarshi o‘yinlarni, shuningdek, Chempionlar Ligasida “Ayntraxt” bilan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Fermin Lopes 2023 yilning yozidan buyon “Barselona”da to‘p suradi. Joriy mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi 13 ta o‘yinda ettita gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi.



Fikrlar