Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Barsa”dan ketaman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Men doim o‘ynashni istayman

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado joriy yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida Sport nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi Xansi Flik qo‘l ostida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega emasligi sababli iyul oyida klubni tark etishi mumkin.

«Barselona» moliyaviy cheklovlarni yengillashtirish maqsadida futbolchini to‘liq transfer asosida sotishni afzal ko‘rmoqda.

Kasado esa muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan Yevropa klubiga o‘tishni istamoqda.

«Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Kasado o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 18 million yevro deb baholagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q