"Barsaga" "Siti" markaziy himoyachisi kerak

  • 10.06.2026 08:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti"dan ketishini e'lon qilingan markaziy himoyachisi Jon Stounz faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida ElNacional.cat nashri xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga La Liga chempioni "Barselona" jiddiy qiziqish bildirgan. Kataloniya klubi transfer uchun pul to‘lamaydi, chunki Stounz iyul oyida erkin agentga aylanadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Jon Stounz "Manchester Siti" tarkibida 18 ta o‘yin o‘tkazdi, biror gol yoki golli pas bilan ajralib turmadi. Himoyachi 2016 yildan beri "shaharliklar" sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!