“Barsa”ni ustidan kulishdi
To‘rurarga ularda pul yo‘q
Bundesliga grandi “Bavariya”ning faxriy prezidenti Uli Hyoness Germaniya kubogi finalidagi g‘alabadan keyin jamoa to‘purari Harri Keyn haqida fikr bildirdi.
“Bavariya” hal qiluvchi bahsda angliyalik hujumchining xet-trigi evaziga “Shtutgart”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va navbatdagi sovringa ega chiqdi.
- Harri Keyn – biz amalga oshirgan eng yaxshi transfer, - dedi Hyoness Das Erste telekanaliga bergan intervyusida.
Jurnalist unga Keynni “Barselona” bilan bog‘layotgan xabarlar haqida eslatganda, Hyoness keskin javob qaytardi:
- “Bavariya” – zo‘r futbolchilarni sotadigan emas, aksincha sotib oladigan klub… Qolaversa, “Barselona”da bu transferga baribir pul yo‘q, - dedi Uli Hyoness istehzo bilan.
Joriy mavsumda Harri Keyn klub darajasidagi 51 ta o‘yinda 61 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar (0)