“Barsa”ning transferi barbod bo‘ldi
Evropaning bir necha grandlari kabi “Barselona” mutasaddilari yozda erkin agentga aylanadigan Niko Uilmsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.
Sport nashrining ma’lum qilishicha, Ispaniya terma jamoasi huzumchisi o‘zi o‘ynayotgan “Atletik” bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Bilbaoliklar 21 yoshli o‘yinchini klubda qolishga ko‘ndirgani kataloniyaliklarning rejasi barbod bo‘lganini anglatadi.
Manbalarga ko‘ra, “Atletik” Niko bilan shartnoma imzolagani bilan uning ketishiga imkon qoldiradi. Klub iste’dodli futboliga 50 million evro miqdorida badal puli belgilagan.
Fikrlar