Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Barselona»da Al’vares o‘rniga boshqa nomzod bor

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Barselona» bosh murabbiyi Flik 20 yoshli «Bornmut» hujumchisi Eli Zhunior Krupiga qiziqmoqda, klub uni 80 million yevro atrofida baholagan.

«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Julian Al’vares o‘rniga «Bornmut» forvardi Eli Junior Krupini olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklarning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 20 yoshli fransuz hujumchiga jiddiy qiziqish bildirgan. Shu bilan birga, «Bornmut» futbolchini og‘ir jarohatiga qaramasdan, unga 80 million evrodan ortiq narx belgilagani aytilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, «Barselona»ning ehtimoliy transferlar ro‘yxatida boshqa nomzodlar ham bor: «Bavariya» forvardi Garri Keyn, «Borussiya» Dortmund hujumchisi Seru Girassi va «Atletiko» futbolchisi Aleksandr Sorlоt shular jumlasidan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Eli Junior Krupi barcha musobaqalar doirasida 35 o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 13 marta ishg‘ol etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q