"Barselona"da ixtilof yuzaga keldi

  • 28.07.2026 07:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Klub rahbariyatida Flik tanlovidan mamnun bo‘lmaganlar ham bor

«Barselona» rahbariyatida yangi bosh murabbiy Hans-Diter Flikning transfer borasidagi takliflari barcha tomondan ham birdek qo‘llab-quvvatlanayotgani yo‘q.

Ma’lumki, kataloniyaliklar 20 yoshli fransuz hujumchisi, hozirda «Bornmut» sharafini himoya qilayotgan Eli Juniyor Krupi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o‘rganmoqda. U «Barselona» uchun asosiy maqsadlardan biri bo‘lgan Xulian Al’varesga ehtimoliy alternativa sifatida ko‘rilmoqda. Al’varesni esa madridlik «Atletiko» mutlaqo qo‘yib yuborishni istamayapti.

Shu bilan birga, Krupi nomzodi klub ichida bahslarga sabab bo‘lmoqda. Asosiy e’tiroz uning transfer narxiga bog‘liq: fransuz hujumchisini 100 million yevro atrofida baholanaotgani aytiladi. «Barselona» sport departamenti vakillarining bir qismi bu summa juda yuqori, bozor qiymatiga mos emas, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Krupi 2025 yilda «Lor’yan» tarkibidan «Bornmut»ga o‘tgan. Ung hujumchi ingliz klubi safida 35 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!