"Barselona" Flik o‘rniga yangi murabbiyni tanladi
Yirik klublar faqat yaqin mavsumni emas, balki uzoq muddatli istiqbolni ham o‘ylab reja tuzadi. Ispaniyaning AS nashri "Barselona"ning bosh murabbiy lavozimi bo‘yicha rejalari haqida ma’lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, Barca Reservat podkastida aytilganidek, "Barselona"ning sport bo‘limi rahbari Deku boshchiligidagi mutasaddilar Sesk Fabregas nomzodini to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Kataloniya klubi aynan Fabregas kelgusida Hans-Diter Flik o‘rnini egallashi kerak, deb hisoblamoqda. Bu variant 2028 yil atrofida amalga oshishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, "Barselona" bu masala yuzasidan Sesk Fabregas bilan allaqachon aloqaga chiqqan. Katalonlar Fabregas bilan tuziladigan har qanday yangi shartnomaga uni "Barselona"ga o‘tish imkonini beruvchi maxsus band kiritilishini istamoqda. Bu masala "Komo" klubi rahbariyati bilan ham muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Sesk Fabregas boshchiligidagi "Komo" jamoasi joriy mavsumda tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘l oldi. Klub Seriya A chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallab, musobaqaga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

Fikrlar