«Barselona»ga Romero kerak emas
«Barselona» hozircha Romerodan ko‘ra «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri transferiga eng ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratmoqda.
«Barselona» hozircha «Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romeroni ustuvor transfer sifatida ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Bu haqida futbol olamida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
28 yoshli argentinalik himoyachi ayni paytda Madriddning «Atletiko» klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, Romeronning o‘zi ham, aytilishicha, «Barselona» taklifini ko‘rib chiqish imkoniyatiga qarshi emas. Ammo hozircha kataloniyaliklar na futbolchining o‘zi, na «Tottenxem» rahbariyati bilan rasmiy aloqaga chiqqan.
«Barselona» rahbariyatining butun e’tibori hozir boshqa yo‘nalishga qaratilgan — «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini qo‘lga kiritish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Ispaniya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan xavbekni transfer qilish masalasi hozircha sine-granatavorlar uchun eng yuqori darajadagi ustuvor vazifa hisoblanmoqda.

Izohlar (0)