Barselona jarimaga tortildi
«Barselona» Xulian Al’vares transferi bo‘yicha axloqiy me’yorlarni buzgani uchun qo‘yilgan 602 yevro jarima ustidan apellyatsiya berishga tayyorlanmoqda.
«Barselona» yozgi transfer oynasida Xulian Alvaresni olib kelishga urinishlari bo‘yicha «Atletiko»ning shikoyati asosida qo‘yilgan jarimani federatsiya qaroridan norozi holda shikoyat tartibida ko‘rib chiqtirishga tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati davomida Alvares «Atletiko»ni tark etmoqchi ekanini ochiq aytgandi. Shu paytda «Barselona» forvardni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat boshlagan, ammo transfer amalga oshmagan. Shundan so‘ng Madrid klubi Kataloniya jamoasini axloqiy me’yorlarni buzganlikda ayblab, Ispaniya futbol federatsiyasiga (RFEF) rasmiy shikoyat yo‘llagan.
Kecha ma’lum bo‘lishicha, RFEF «Barselona»ni «ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, kelishuvlar yoki me’yoriy majburiyatlarga rioya etmaslik» moddasi bo‘yicha 602 yevro miqdorida jarimaga tortdi.
«Barselona» federatsiya qarorini qabul qilish niyatida emas. Klub ushbu jarima va mazkur ish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday sanktsiyani ham rasmiy qayta ko‘rib chiqishni so‘rab, apellyatsiya berishga tayyorlanmoqda. Kataloniya klubida jarima miqdori katta emasligi tan olinsa-da, sine-granatovilar o‘z harakatlari reglamentga zid bo‘lmaganini ta’kidlamoqda. Ularga ko‘ra, «Barselona» Alvaresga qiziqishini «Atletiko»ga rasmiy tarzda ma’lum qilgan.

Izohlar (0)