“Barselona” katta transferga qo‘l urmoqda
Zo‘r o‘yinchi keladi
“Barselona” mutasaddilari tarkbni kuchaytirish maqsadida qimmatbaho transferlarni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.
Kataloniyaliklar ro‘yxatiga “Bavariya” futbolchisi Yozua Kimmix tushdi. “Barsa” vakillari bu o‘yinchini kelasi yanvarda olishga urinib ko‘radi. Agar bu harakat samara bermasa, kataloniyaliklar yozgi transferlar vaqtida ikkinchi urinishni amalga oshiradi.
Kimmixning transferi 80 million evroga baholanmoqda.
28 yoshli futbolchi myunxenliklar tarkibida 2015 yildan beri to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.
Kimmix joriy mavsumda gollari hisobini ocha olgani yo‘q. Barcha turnirlarda 16 marotaba maydonga tushgan yarim himoyachi oltita golli pas uzatdi.
Izohlar (0)