“Barselona” katta transferni eplolmadi
“Barselona” rahbariyati Ispaniya terma jamoasi safida Evropa chempioni bo‘lgan Niko Uilyams transferidan voz kechadigan bo‘ldi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar iste’dodi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi, Uilyamsning o‘zi kataloniyaliklarga qaraganda besh karra ko‘proq maosh beradigan PSJ taklifini rad etib bo‘ldi.
Biroq “Barselona” xo‘jayinlariga Niko Uilyamsga egalik qiluvchi “Atletik” rahbariyati qo‘llagan siyosat yoqmadi. Bilbaolar kataloniyalik hamkasblari bilan muzokaralarda avvaliga 60 million evro talab qilib, bir paytning o‘zida futbolchini yangi kelishuvga ko‘ndirib, narxni ko‘tarishga uringan.
“Barselona”ga “Atletik” mutasaddilarining bu yo‘l orqali bosim o‘tkazishi yoqmadi.
Endi kataloniyaliklar kelasi yozda Uilyams masalasiga qaytadi. Biroq ular o‘shanda ham transfer uchun 60 million evrodan ko‘p pul ajratmasligini bildirgan.
Fikrlar