"Barselona" Markus Reşforddan yuz oʻgirdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni "Barselona" 28 yoshli chap qanot hujumchi Markus Reşfordni "Manchester Yunayted"dan to‘liq sotib olmaslikka qaror qildi. Bu haqida Marca nashri xabar berdi.
Futbolchining o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan kataloniyaliklar klubi nomini olib tashlagan.
Manbaga ko‘ra, bunday qarorga asosiy sabab sifatida yaqinda "Nyukasl Yunayted" tarkibidan 25 yoshli Entoni Gordonning "Barselona"ga qo‘shilgani ko‘rsatilmoqda. U ham Reşford bilan bir xil — chap qanot hujumchisi pozitsiyasida o‘ynaydi.
Hozircha Markus Reşford uchun asosiy da’vogarlar sifatida "Bavariya" va "Real" tilga olinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, "Bavariya" futbolchini 30 million yevro atrofidagi miqdorga sotib olishga tayyor. Transfermarkt portali ma’lumoticha, Reşfordning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Markus Reşford 2025/2026 yildgi mavsumda «Barselona» sharafini ijarа asosida himoya qildi. U La Ligada 32 o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘qqizta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar