"Barselona" Messi sharafiga maxsus o'yin o'tkazadi
Laporta Messining ko‘nglini olmoqchi
«Barselona» o‘zining afsonaviy sobiq sardori Lionel Messi sharafiga alohida tadbir o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Klub prezidenti Joan Laporta ma’lum qilishicha, bayram tantanalari stadion rekonstruksiyasi yakunlangach, yangilangan «Kamp Nou» maydonida bo‘lib o‘tadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Messi ishtirokida maxsus o‘yin tashkil etilishi ehtimoli juda katta.
«Biz Leo Messiga bag‘ishlangan katta tadbirni «Kamp Nou» rekonstruksiyasi tugagach o‘tkazishni rejalashtirganmiz, – deya Laportaning so‘zlarini keltiradi «sine-granatovye» matbuot xizmati. – Bu haqiqiy bayramga aylanadigan, juda ham chiroyli marosim bo‘ladi. Umid qilamizki, stadiondagi barcha qurilish va ta’mirlash ishlarini 2028 yil boshiga qadar yakunlaymiz».
Lionel Messi 2004 yildan 2021 yilgacha «Barselona»ning asosiy jamoasida to‘p surgan. U klub safida 778 ta o‘yinda maydonga tushib, 672 ta gol urgan va bu ko‘rsatkich «Barsa» tarixida mutlaq rekord sifatida qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qimmatbaho rekonstruksiyadan so‘ng yangilangan «Kamp Nou» 105 ming nafar tomoshabinni sig‘dira oladi.
Izohlar (0)