Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Barselona»ning kelajakdagi bosh murabbiy aniqlandi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

«Barselona» rahbariyati kelajakda jamoa bosh murabbiyligi uchun Serxio Buskets nomzodini asosiy variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

«Barselona» rahbariyati kelgusi yillar uchun ehtimoliy bosh murabbiy nomzodini belgilab oldi. Kataloniya klubi rahbarlari jamoani boshqarish uchun eng maqbul variant sifatida Serxio Busketsni ko‘rib chiqmoqda.

Biroq ispaniyalik sobiq yarim himoyachi hali murabbiylik sohasida yetarli tajriba to‘plashi kerak. Shuningdek, u zarur bosqichlarni bosib o‘tgach, «Barselona» uning nomzodini jiddiy muhokama qilishga tayyor bo‘ladi.

Klub boshliqlarining fikricha, Busketsning o‘yinni o‘qish qobiliyati va yuqori futbol tafakkuri unga kelajakda yuqori darajali murabbiy bo‘lish imkonini beradi. Hozircha esa sine-granatlar jamoasini nemis mutaxassisi Xansi Flik boshqarib kelmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q