"Barselona" Reshfordni olib kelolmaydi

  • 22 yanvar, 17:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" sport direktori Deku "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni transfer qilish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.

"Reshford? Hozir biz o‘z futbolchilarimiz bilan shartnomalarni uzaytirishga to‘liq e’tibor qaratmoqdamiz. Albatta, yangi futbolchilarni jalb qilish imkoniyati bo‘lsa, buni doimo olqishlaymiz. Lekin hozirgi kunda murabbiy jamoamiz tarkibidan mamnun. Barcha keyingi qarorlar keyinroq qabul qilinadi," — deya Dekuning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, qishki transferlar oynasi davomida "Barselona" hali biror bir yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shmadi.

Hozirda Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa La Liga turnir jadvalida 20 turdan so‘ng 39 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!