"Barselona" Reshfordni sotib oladimi?

  • 03.12.2025 18:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" sport direktori Deku "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan hujumchi Markus Reshfordning kelajagi haqida gapirdi.

"Markus Reshford bilan hali hech narsa hal qilinmagan. Hozir kelajak haqida qaror qabul qilish vaqti emas. Biz undan mamnunmiz, Reshford juda ko‘p narsa beradi. Strategik jihatdan hozir imzolash haqida gapirishning vaqti emas", - deya Dekuning so‘zlarini keltiradi Football Espana.

Joriy mavsumda Reshford "Barselona" safida La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, futbolchi Chempionlar ligasida beshta o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!