Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Barselona» Soboslaini sotib olmoqchi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

«Barselona» Dominik Soboslayga jiddiy qiziqmoqda, ammo «Liverpul» uni sotish niyatida emas va yozda transfer amalga oshmasligi kutilmoqda.

«Liverpool» yarim himoyachisi Dominik Soboslai yozgi transfer oynasining eng qiziqarli nomzodlaridan biriga aylandi. Unga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

TEAMtalk nashri xabar berishicha, Kataloniya klubi vengriyalik futbolchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda va uning transferi bo‘yicha vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Shu bilan birga, manbalarga ko‘ra, «Liverpool» hozircha Soboslain sotish niyatida emas va yozda uni qo‘yib yuborishi juda kam ehtimol.

Dominik Soboslai 2023 yili «RB Leyptsig» klubidan «Liverpool»ga 70 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025/26 mavsumida yarim himoyachi «Liverpool» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali Soboslaining bozor qiymatini 100 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q