"Barselona" Superligani tark etdi

  • 07.02.2026 17:12
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" rahbariyati Yevropa Superligasi loyihasidan chiqishga qaror qildi. Bu haqida klub o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 7 fevral kuni "Barselona" Superliga rahbariyatini loyihada ishtirok etishdan bosh tortishi haqida rasmiy xabardor qilgan. Superliga loyihasi 2021 yilda Yevropaning bir nechta grandlari tomonidan tashkil etilgan. Loyiha rivojiga Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres alohida hissa qo‘shgan.  

Ma’lumot uchun, turnir YEChL o‘rnini bosishi kerak edi, ammo asosiy evrokubogi formati o‘zgarishi va UEFA tahdidlaridan so‘ng deyarli barcha jamoalar Superligada ishtirok etishdan bosh tortgan. Hozirgacha ishtirokchilar orasida "Barselona" va "Real" bor edi. Endi "qaymoqranglilar"ning o‘zi yolg‘iz qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!