"Barselona" va "Real" Xoland uchun kurashadi
Hozir undan zo‘ri yo‘q
«Manchester Siti» tarkibida to‘p surib kelayotgan Erling Xolannga «Barselona» va «Real Madrid» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida jurnalist Grem Beyli o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Ispaniyaning ikki yetakchi klubi norvegiyalik hujumchi kelajakda jamoasini o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin, deb hisoblamoqda. Xususan, Xolanning «Manchester Siti»ni 2027 yil yozida tark etishi ehtimoli tilga olinmoqda.
Hozirda 26 yoshda bo‘lgan forvardning amaldagi shartnomasi «Manchester Siti» bilan 2034 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 220 million yevro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsumda Erling Xolann barcha musobaqalar doirasida olti o‘yinda maydonga tushib, shu vaqtgacha olti gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Izohlar (0)