Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barselona" yangi transferni e'lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklar kutilmagan xaridni amalga oshirdi

«Barselona» rasmiy saytida «Bryugge» klubi yarim himoyachi-hujumchisi Jessi Bisivu bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

18 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv 2031 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Sport jurnalisti Fabrizio Romano tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, kataloniyaliklar yosh belgilaylik vinger uchun 8,5 million yevro to‘ladi. Shuningdek, kelishuvga binoan, «Bryugge» futbolchi kelajakda boshqa jamoaga sotilsa, transfer summasining 20 foizini oladi.

Jessi Bisivu 2023 yildan buyon «Bryugge»ning zahira tarkibida to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 23 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bir bor golli uzatma berdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yosh futbolchining bozor qiymati hozircha 800 ming yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q