"Barselona" yulduzi yana jarohat oldi
Ali Ahmadxo’jayev
Hech ishi yurishmayapti
«Barselona» markaziy himoyachisi Andreas Kristensen «Sevilya»ga qarshi o‘yinda majburiy ravishda maydonni tark etdi.
Jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 30 yoshli futbolchini uchrashuvning 59-daqiqasida zahiraga oldi va uning o‘rniga Jerar Martinni maydonga tushirdi. Daniyalik himoyachi gazonga yiqilib, o‘yinni davom ettira olmasligini ishora qildi.
Futbolchining his-tuyg‘ulari va so‘nggi yillarda tez-tez jarohat olib kelayotganini inobatga olganda, ushbu jarohat jiddiy bo‘lishi mumkin. Tibbiy ko‘rik natijalari va jarohat darajasi haqidagi rasmiy ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.
Izohlar (0)