«Barselona» yulduzini 80 million yevroga sotmoqchi

  • 08.06.2026 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yozgi transfer oynasida himoyachi Jyul Kunde bilan xayrlashishga tayyor ekani xabar qilinmoqda.

El Nacional nashriga tayanib yozgan Transfer News Live ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar fransuz futbolchisini transfer ro‘yxatiga qo‘shgan. Klub 27 yoshli o‘ng qanot himoyachisi uchun taxminan 80 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Uning atrofidagi vaziyatni Angliya premer-ligasining bir qator klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda, ammo ularning nomi oshkor etilmagan.

Transfermarkt portali Kundening bozor qiymatini 60 million yevro atrofida baholamoqda. O‘tgan yil avgust oyida futbolchi "Barselona" bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan edi. Yakunlangan mavsumda u Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa safida 47 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!