“Barselona”ga o‘tishga roziman!
“Barselona” jiddiy transferlarni amalga oshirmoqchi. Kataloniyaliklarning asosiy nishonlaridan biri “Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmix hisoblanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Xavi Ernandes germaniyalik futbolchi bilan shaxsan gaplashib, uni jamoaga taklif qilgan.
Manbalar Kimmix ham “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga rozilik berganini ta’kidlamoqda. Endi har ikki klub o‘zaro kelishib olishi talab etiladi.
28 yoshli futbolchining transferi 75 million evroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar