"Bashakshehir" Eldor Shomurodov bo‘yicha qaror qabul qildi
Turkiyaning "Bashakshehir" futbol klubi o‘zining yetakchi hujumchisi Eldor Shomurodovning kelajagi borasida muhim qaror qabul qildi.
Joriy mavsumda yuqori darajada o‘yin namoyish etib, chempionat to‘purarlari ro‘yxatida yetakchilar qatorida borayotgan o‘zbekistonlik futbolchi ishonchni to‘liq oqladi. Shu bois, klub uni jamoada saqlab qolishga qaror qildi.
Jurnalist Salim Manavning xabar berishicha, "Bashakshehir" rahbariyati Shomurodovning "Roma" klubidan ijara asosidagi shartnomasida ko‘rsatilgan 2,7 million yevro miqdoridagi sotib olish optsiyasini rasmiy ishga tushirgan.
Shu bilan birga, shartnoma shartlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi keyinchalik boshqa klubga sotilgan taqdirda, rimliklar transfer summasining 10 foizini olish huquqiga ega bo‘ladi.
Fikrlar